Central AsianResearch Index

Xalq kitoblarida mavzu rang-barangligi va badiiy g‘oyaning ifodalanishi

Maqolada o‘zbek xalq kitoblarining mavzu doirasi, ularning folklor va yozma adabiyot oralig‘ida shakllangan o‘ziga xos tabiati hamda badiiy g‘oyani ifodalash tamoyillari tahlil qilinadi. Xalq kitoblarida muhabbat va sadoqat, adolat va zulm, safar va sarguzasht, insoniy kamolot, mardlik, vafodorlik, yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash kabi mavzularning yetakchi o‘rin tutishi ko‘rsatib beriladi. “T ohir va Zuhra”, “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Sanobar”, “Yusufbek va Ahmadbek” singari asarlar misolida an’anaviy sujetning xalq estetik qarashlari bilan qayta ishlanishi yoritiladi. Shuningdek, xalq kitoblarida nasr va nazmning qorishiq holda kelishi, romantik va fantastik motivlarning hayotiy mazmun bilan uyg‘unlashishi badiiy g‘oyaning ta’sirchanligini oshirishi asoslanadi. Tadqiqot xalq kitoblarining faqat ommabop o‘qish namunasi emas, balki xalqning axloqiy, estetik va ijtimoiy idea

Сведения

Опубликовано
2026 · С. 87
Источник
tilvaadabiyot.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Ўзбекистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълими “Тил ва адабиёт таълими” давлат кохонаси