Yoshlik kategoriyasining ayrim frazeologik birliklar orqali lisoniy voqelanishi
Mazkur maqolada o‘zbek badiiy matnlarida bola ruhiyatidagi yoshlik, g‘o‘rlik, tajribasizlik va voyaga yetmaganlik kabi kategoriyalarining ayrim frazeologik birliklar vositasida lisoniy ifodalanishi tahlil qilgan. Tadqiqot materiali sifatida badiiy asarlarda qo‘llangan “suyagi qotmagan”, “ona suti og‘zidan ketmagan”, “mo‘ychinak tishlamagan”, “esini tanimagan”, “balog‘atga yetmoq”, “bo‘yi yetmoq”, “er etmoq”, “oqi oq, qizili qizil bo‘lib yetilmoq”, “oq-qorani ajratmoq” kabi birliklar olingan. Ushbu birliklarning nominativ ma’nosi bilan bir qatorda, bola haqidagi konseptual tasavvurlarni shakllantirishdagi imkoniyatlari ochib berilgan. Tahlil natijasida frazeologik birliklar bolaning biologik yoshini ifodalash bilangina cheklanmay, uning hayotiy tajribasi, ijtimoiy yetukligi, dunyoqarashi va ruhiy holatiga oid semantik belgilarni ham mujassamlashtirishi ko‘rsatilgan
Сведения
- Журнал
- Филология ва педагогика
- Опубликовано
- 2026 · С. 75
- Источник
- tilvaadabiyot.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълими “Тил ва адабиёт таълими” давлат кохонаси