Leksikologiyani o‘qitishda zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanish metodikasi
Mazkur maqolada umumiy o‘rta va oliy ta’lim tizimida leksikologiyani o‘qitish jarayonini takomillashtirishda zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanishning nazariy va metodik asoslari yoritiladi. Kontekstual, kommunikativ, muammoli ta’lim, interfaol, hamkorlikda o‘qitish, topshiriqqa asoslangan hamda raqamli ta’lim metodlarining leksikologiyani o‘qitishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, leksikologiyaga oid mavzularni o‘rgatishning metodik modeli bosqichma-bosqich ishlab chiqiladi. Ushbu model nazariy tushunchani berishdan boshlab, kontekstual tahlil, semantik kuzatish, interfaol mashqlar, kommunikativ topshiriqlar, mustaqil qo‘llash va baholash bosqichlarini qamrab oladi. Leksikologiyani o‘qitishda zamonaviy metodlardan foydalanish o‘quvchilarning nafaqat nazariy bilimlarini, balki amaliy nutqiy ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi
Сведения
- Журнал
- Филология ва педагогика
- Опубликовано
- 2026 · С. 136
- Источник
- tilvaadabiyot.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълими “Тил ва адабиёт таълими” давлат кохонаси