Tabiat ramzlari va ularning jamiyat hayotini fodalashdagi estetik funksiyasi
Maqolada T omas Harde va Xurshid Do‘stmuhammad nasrida tabiat ramzlarining jamiyat hayotini badiiy ifodalashdagi estetik funksiyasi qiyosiy aspektda tahlil qilinadi. Tabiat unsurlari peyzaj bezagi sifatida emas, balki ijtimoiy muhit, axloqiy bosim, gender me’yorlari, begonalashuv va ma’naviy tanazzulni ochuvchi poetik belgilar sifatida talqin etiladi. T omas Hardening “T ess of the d’Urbervilles” romanidagi fasl, dala, yomg‘ir, hayvon va yo‘l obrazlari Xurshid Do‘stmuhammadning “Chayongul” qissasidagi gul, chayon, makon va tabiiy holatlarning ramziy semantikasi bilan qiyoslanadi. Tahlil natijasida har ikki adib tabiat ramzlari orqali shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirishi hamda ruhiy qarshilikni ifodalashi aniqlanadi
Сведения
- Журнал
- Филология ва педагогика
- Опубликовано
- 2026 · С. 123
- Источник
- tilvaadabiyot.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълими “Тил ва адабиёт таълими” давлат кохонаси