Ingliz va o‘zbek tillarida hissiyotlarning metaforik ifodalanishi: kognitiv-lingvistik tahlil
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida inson hissiyotlarining metaforik ifodalanishi kognitiv-lingvistik nuqtayi nazardan qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi hissiy holatlarni ifodalovchi metaforalarning semantik xususiyatlari, konseptual asoslari hamda ikki tildagi o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot materiali sifatida ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy matnlarda qo‘llangan hissiy-metaforik birliklardan foydalanildi. Tahlilda konseptual metafora, qiyosiy, tavsifi y va kontekstual tahlil metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari g‘azab, qo‘rquv, qayg‘u, quvonch va muhabbat kabi hissiyotlarning har ikki tilda ham olov, harakat, makon, og‘irlik, yorug‘lik va boshqa konseptual sohalar orqali metaforik ifodalanishini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, metaforalarning tanlanishi va semantik assotsiatsiyalarida milliy-madaniy xususiyatlar mavjudligi a
Сведения
- Журнал
- Филология ва педагогика
- Опубликовано
- 2026 · С. 117
- Источник
- tilvaadabiyot.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълими “Тил ва адабиёт таълими” давлат кохонаси