Yapon bolalar adabiyotining shakllanishida Ivaya Sazanami ijodining ahamiyati
Mazkur maqolada Meiji davri (1868–1912) yapon madaniyati va adabiyotining jadal modernizatsiyalashuvi sharoitida milliy bolalar adabiyotining shaklanishi hamda uning institutsional poydevorini yaratishda taniqli adib, folklorshunos va jamoat arbobi Ivaya Sazanamining tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda yapon bolalar nasrining ilk original muallifl ik namunasi – “Koganemaru” (1891) qissasining janriy-uslubiy xususiyatlari, adibning “genbun-itchi” (so‘zlashuv va adabiy til birligi) islohotini bolalar adabiyotiga tatbiq etishdagi xizmatlari hamda yapon va jahon folklorini tizimlashtirishga qaratilgan fundamental antologiyalari yoritiladi. Shuningdek, Sazanamining “Shonen sekai” jurnali, “danvakai” (ertak aytish kechalari) harakati hamda rasmli kitoblar seriyasi orqali bolalar adabiyotini mustaqil sohaga aylantirishdagi tashkiliy faoliyati, shuningdek, uning merosiga Taishyo davri adabiy
Сведения
- Журнал
- Филология ва педагогика
- Опубликовано
- 2026 · С. 104
- Источник
- tilvaadabiyot.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълими “Тил ва адабиёт таълими” давлат кохонаси