Central AsianResearch Index

Ogahiyning “Zubdatu-t-tavorix” asaridagi ayrim umumeroniy o‘zlashmalar haqida

Maqolada Ogahiyning “Zubdatu-t-tavorix” tarixiy asari leksikasidagi umumeroniy o‘zlashmalarning etimologik, genealogik hamda uslubiy xususiyatlari tadqiq etilgan. Neru/niru, anduz, bahla va otash kabi lisoniy birliklarning semantik imkoniyatlari hamda hindyevropa bobotiliga borib taqaladigan etimologik ildizlari tahlil qilinadi. Ogahiyning ushbu birliklar vositasida musajja nasrda ritm va ohangdorlikni ta’minlash, shohona pafos hamda badiiy-estetik ta’sirchanlikni oshirish mahorati yoritilgan. Shuningdek, turkiy grammatik qo‘shimchalar orqali kuzatiladigan lisoniy moslashuv mexanizmi ko‘rsatib berilgan

Сведения

Опубликовано
2026 · С. 96
Источник
tilvaadabiyot.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Ўзбекистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълими “Тил ва адабиёт таълими” давлат кохонаси