Central AsianResearch Index

Nazar Eshonqul nasrida lingvomadaniy birliklar va ramziy konseptlarning diskursiv tahlili

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek modern adabiyotining yirik namoyandasi Nazar Eshonqul hikoyalari misolida lingvomadaniy birliklar hamda ramziy konseptlarning matn semantikasidagi lisoniy-estetik vazifasi tahlil qilingan. Tadqiqotda yozuvchining “Maymun yetaklagan odam”, “Qora kitob”, “Urush odamlari”, “Yalpiz hidi” kabi asarlarida faol qo‘llangan “tun”, “soya”, “qora”, “yalpiz”, “maymun” kabi lingvomadaniy birliklar va konseptual ramzlar kognitiv-semantik jihatdan ochib berilgan. Shuningdek, oliy ta’lim tizimida fi lologiya yo‘nalishi talabalariga badiiy diskursni o‘qitishda konseptual va lingvokulturologik tahlil modellarini qo‘llashning ilmiy-pedagogik mexanizmlari, tahliliy topshiriqlar ishlab chiqish texnologiyalari ko‘rsatib berilgan

Сведения

Опубликовано
2026 · С. 94
Источник
tilvaadabiyot.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Ўзбекистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълими “Тил ва адабиёт таълими” давлат кохонаси