Kazuo ishiguro romanlarida xotira makonlari: retrospektiv narratsiya va identitetning badiiy qurilishi
Ushbu maqolada Kazuo Ishiguro romanlaridagi xotira makonlari shaxsiy identitetni qayta quruvchi narrativ tizim sifatida tadqiq etiladi. “A Pale View of Hills”, “An Artist of the Floating World” va “The Remains of the Day” romanlari misolida uy, xona, ko‘cha, bog‘ hamda safar yo‘llari oddiy voqea joyi emas, balki tanlab eslashni faollashtiruvchi mnemonik tuzilma sifatida tahlil qilinadi. Retrospektiv hikoyachilar makon obrazlariga takroran qaytadilar, biroq har bir qaytish o‘tmish voqeasining ma’nosini o‘zgartiradi. Tadqiqotda Ishiguro xotirani makonlashtirishi, ya’ni moddiy muhit parchalangan ongning tashqi modeliga aylanishi, makondagi harakat esa hozirgi zamon bilan o‘tmish orasidagi o‘tishlarni tartibga solishi asoslanadi. Yaqin matniy tahlil xotira makonining uch asosiy vazifasini ko‘rsatdi: eslashni qo‘zg‘atish, axloqiy jihatdan murakkab tajribani yashirish va hikoyachi identitetini
Сведения
- Журнал
- Филология ва педагогика
- Опубликовано
- 2026 · С. 70
- Источник
- tilvaadabiyot.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълими “Тил ва адабиёт таълими” давлат кохонаси