Central AsianResearch Index

Julian Barnsning “Floberning to‘tiqushi” metaromanida intertekstuallik

Mazkur maqolada Julian Barns qalamiga mansub, postmodernist yozuvchilarning ilhom manbayi deya ta’rif berilgan “Floberning to‘tiqushi” romani intertekstual birliklarning postmodernizmdagi ahamiyati, postmodern asarlardagi badiiy o‘ziga xosligi va badiiy-estetik talqini nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Asarda bir tomondan intertekstual birliklarning qo‘llanilishi orqali turli adabiy, tarixiy va biografi k manbalar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ochib berilsa, ikkinchi tomondan Floberning hayoti, ijodi va shaxsiyati kitobxon ko‘z o‘ngida yaratiladi. Intertekstual birliklar orqali an’anaviy tarzda obyektiv haqiqatning yagona va o‘zgarmas shaklda mavjudligi muallifning subyektiv talqinlari bilan yangicha badiiy-estetik uslubda yaratiladi

Сведения

Опубликовано
2026 · С. 28
Источник
tilvaadabiyot.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Ўзбекистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълими “Тил ва адабиёт таълими” давлат кохонаси