Adabiy suhbatlarda shoir qiyofasi
Mazkur maqolada adabiy tanqidning mustaqil janrlaridan biri sifatida adabiy suhbatning o‘ziga xos tabiati hamda unda ijodkor, xususan, shoirning badiiy-estetik va ijodiy qiyofasi namoyon bo‘lish xususiyatlari tahlil etiladi. Adabiy suhbatning muhim jihati shundaki, unda suhbatdoshlarning shaxsiyati, dunyoqarashi, adabiyot va adabiy hodisalarga munosabati, ijodiy jarayon haqidagi qarashlari bevosita savol-javob, mulohaza, xotira va munozara orqali yuzaga chiqadi. Tadqiqotda Umarali Normatovning O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov bilan olib borgan “Talant tarbiyasi” suhbatlari asosiy tahlil materiali sifatida olinib, unda shoirning iste’dod, ilhom, ijodiy mehnat, adabiy ta’lim, tanqidchilik, aruz, adabiy an’ana va ijodiy izlanish haqidagi qarashlari o‘rganiladi. Suhbat jarayonida Erkin Vohidovning shoirlik mohiyati, ijodkor mas’uliyati, adabiy jarayonga munosabati hamda yosh ijodkorlarg
Сведения
- Журнал
- Филология ва педагогика
- Опубликовано
- 2026 · С. 26
- Источник
- tilvaadabiyot.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ўзбекистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълими “Тил ва адабиёт таълими” давлат кохонаси