«Тадбиркорлик ва педагогика» илмий-услубий журнали, 2026
Talabalarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajalari
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarida kreativlik sifatlarini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Kreativlikni rivojlantirishning psixologik-pedagogik mohiyati, uning shaxs kamolotidagi o‘rni hamda zamonaviy ta’lim jarayonidagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, talabalarda kreativlik sifatlarini baholash mezonlari, ko‘rsatkichlari va rivojlanish darajalari tizimli ravishda asoslangan. Kreativ fikrlashni shakllantirishga xizmat qiluvchi motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv komponentlarning mazmuni hamda o‘zaro bog‘liqligi ochib berilgan. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim tizimida talabalarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish hamda ushbu yo‘nalishda ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Сведения · Details
- Журнал · Journal «Тадбиркорлик ва педагогика» илмий-услубий журнали
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0