Central Asian Research Index

«Тадбиркорлик ва педагогика» илмий-услубий журнали, 2026

Muhandislik yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘qitishda innovatsion metodikalardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada texnik oliy ta’lim muassasalarida muhandislik yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘qitishning dolzarb muammolari hamda ularni innovatsion metodikalar asosida hal etish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqotda terminologik kompetensiyani shakllantirishda CLIL yondashuvi, multimodal pedagogika, ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yondashuv (POA), interfaol metodlar va multimedia vositalarining o‘rni nazariy-qiyosiy tahlil asosida yoritilgan. Mazkur yondashuvlarning maqsadi, tamoyillari, muhandislik ta’limidagi imkoniyatlari va cheklovlari tizimlashtirilib, ularni yagona didaktik tizim asosida integratsiyalashga yo‘naltirilgan model taklif etilgan. Shuningdek, talabalarning terminologik kompetensiyasi shakllanganlik darajasini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari texnik yo‘nalishlarda ingliz tili mashg‘ulotlarini kasbiy faoliyat bilan uzviy bog‘lash hamda talabalarning kasbiy-kommunikativ tayyorgarligini oshirish uchun ilmiy-metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Сведения · Details