Ислом маърифати, 2025
Hakim Termiziy asarlarida sharʼiy hiylalar mavzusi muhokamasi
ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
Аннотация · Abstract
Maqolada mazhablar doirasida sharʼiy hiylalar ishlatilishi mavzusi muhokama qilinadi. Sharʼiy hiylalarga hanafiylar koʻproq eʼtibor bergani, uni qiyin vaziyatdan chiqish yoʻli sifatida ishlatganlari, shuning uchun ham ular koʻproq "maxorij" atamasini qoʻllaganlari haqida bayon qilinadi. Shuningdek, ulamolar sharʼiy hiylalarni mumkin va mumkin boʻlmaganga ajratganlari, mumkin boʻlmagan hiylalar koʻp tanqidlarga uchragani tahlil qilinadi. Jumladan, Hakim Termiziy ham nomaqbul hiylalarga oid maxsus asar tuzib, u yerda hiylalarning uslubiy xatolarini koʻrsatib bergani haqida bahs qilinadi. Bundan tashqari, maqolada sharʼiy hiylalar mavzusini xorijda oʻrganilishi holati ham bayon qilinib, Sharqshunos Yozef Shaxtning bu boradagi amalga oshirilgan tadqiqotlari muhokama qilinadi va tegishli xulosalar beriladi.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Ислом маърифати
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0