Central Asian Research Index

Мотуридийлик, 2025

MUHUMMAD OBID SINDIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI

ELYORBEK ANVAROV

IMOM BUXORIY NOMIDAGI TOSHKENT ISLOM INSTITUTI

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada hijriy XIII asrning yirik allomasi, hadis, fiqh va tasavvuf ilmlarida chuqur bilim sohibi bo‘lgan Muhammad Obid Sindiy (vaf. 1257/1841)ning hayoti, ilmiy faoliyati va asarlari tahlil qilinadi. U sahoba Abu Ayyub Ansoriy naslidan bo‘lib, Sind diyorida tavallud topgan. Yoshligidan ilmga qiziqqan Sindiy dastlab bobosi, otasi va amakisidan saboq olgan, keyinchalik Yamanda Imom Shavkoniy, Shayx Fulloniy, Shayx San’oniy kabi mashhur ulamolardan tahsil olgan. U umrining katta qismini ilm o‘rganish va uni tarqatishga bag‘ishlab, Hindiston, Yaman, Hijoz va Misrda yashab, hadis, fiqh, tafsir, tasavvuf, mantiq va tib sohalarida o‘nlab asarlar yaratgan. Muhammad Obid Sindiy o‘z davrida “Hindistonning Shavkoniyi” nomi bilan tanilgan bo‘lib, uning “Minhatul boriy”, “Mavohibul latifa” va “Tavoliul anvor” asarlari ilm ahli orasida mashhurdir. Maqolada allomaning sabr-toqati, sabablarga sodiqligi, ustozlari va shogirdlari, shuningdek, asarlarining ilmiy yo‘nalishlari tahliliy tarzda yoritiladi. Shuningdek, Sindiy faoliyatining o‘z davr diniy-madaniy muhitidagi o‘rni va islom ilmlari rivojiga qo‘shgan hissasi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari Muhammad Obid Sindiy shaxsini musulmon dunyosidagi qomusiy olimlar safida baholash imkonini beradi.

Сведения · Details