«Тадбиркорлик ва педагогика» илмий-услубий журнали, 2026
TIJORAT BANKLARIDA AKTIVLAR SIFATINING MOLIYAVIY BARQARORLIKKA TAʼSIRINING NAZARIY ASOSLARI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada tijorat banklarining barqaror faoliyat yuritishi uchun muhim omillardan biri bo‘lgan kredit portfelining salomatligi hamda uning umumiy makroiqtisodiy holat bilan o‘zaro bog‘liqligi nazariy va tahliliy jihatdan o‘rganiladi. Tadqiqotda muammoli kreditlar (NPL) ulushining ortishi zaxira ajratmalarining ko‘payishiga, kapital yetarliligining pasayishiga va yakunda bank rentabelligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniq dalillar asosida yoritilgan. Tahlil natijalariga tayangan holda uchta asosiy amaliy taklif ilgari suriladi: birinchidan, sun’iy intellekt va Big Data texnologiyalaridan foydalanish orqali qarz oluvchilarni baholash tizimini takomillashtirish; ikkinchidan, kreditlarning muammoli toifaga o‘tishini oldindan aniqlashga qaratilgan erta ogohlantirish tizimini (EWS) joriy etish; uchinchidan, kredit resurslarini tarmoqlar va mijoz segmentlari kesimida muvozanatli taqsimlash orqali konsentratsiya riskini kamaytirish. Mazkur maqola tijorat banklari, bank nazorati organlari hamda moliyaviy siyosatni ishlab chiquvchi subyektlar uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Сведения · Details
- Журнал · Journal «Тадбиркорлик ва педагогика» илмий-услубий журнали
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0