Central Asian Research Index

«Тадбиркорлик ва педагогика» илмий-услубий журнали, 2026

RUS TILIDA O‘LIM VA KASALLIK MAVZULARINING EVFEMIZATSIYASI

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada rus tilining semantik jihatdan muhim ahamiyatga ega ikki sohasi – o‘lim va kasallik mavzulari doirasida evfemizatsiya hodisasi kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida leksik hamda frazeologik birliklar semantik-pragmatik yondashuv asosida o‘rganilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri nomlanishlarni nisbatan yumshoq, neytral yoki madaniy jihatdan maqbul ifodalar bilan almashtirish strategiyalari aniqlanadi. Shuningdek, evfemizmlarning nutq etiketi me’yorlarini saqlash, kommunikativ jarayonda psixologik taranglikni kamaytirish hamda ijtimoiy munosabatlarda delikatlikni ta’minlash vositasi sifatidagi funksiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari evfemistik almashtirishlarning qo‘llanish chastotasi va xarakteri nafaqat lingvistik omillar, balki jamiyatning madaniy qadriyatlari hamda ijtimoiy dinamikasi bilan ham belgilanishini ko‘rsatadi.

Сведения · Details