Central Asian Research Index

Chorvachilik va naslchilik ishi, 2026

Qoramollarni semirtirishda qo‘llaniladigan oziqlantirish turining kunlik o‘sishga va go‘sht sifatiga ta’siri

Аннотация · Abstract

Ushbu maqola qoramollarni semirtirishda silos-konsentr at asosidagi oziqlantirish tizimining hayvonlar kunlik tirik vaznining o‘sishiga hamda go‘sht sifat ko‘rsatkichlariga ko‘rsatadigan ta’sirini ilmiy jihatdan o ‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida silosning ratsion ulushi 50–65 foiz bo ‘lgan tajriba guruhi va an’anaviy (qo ‘pol ozuqa-don) asosidagi nazorat guruhi qiyosiy tahlil qilingan. Natijalarga ko‘ra, silos-konsentr at asosidagi oziqlantirish go‘shtning marmarligi va yumshoqligi ko ‘rsatkichlarini sezilarli dar ajada oshiradi, shuningdek kunlik o‘sish tezligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ratsion tarkibi va uning to‘yimliligi batafsil tavsiflanib, hayvonlar tirik vazni dinamikasi hamda ozuqa sarfi davr bo‘yicha keltirilgan. Maqola chorvachilik sohasidagi mutaxassislar, zootexniklar va tadqiqotchilar uchun amaliy ahamiyat kasb etadi

Сведения · Details