Central Asian Research Index

Chorvachilik va naslchilik ishi, 2026

Qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarida gul tipi va rangbaranglikning tirik vazn va irsiy salohiyatga ta‘siri .

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarida gul tipi va rangbaranglikning tirik vazn va irsiy salohiyatga tásiri o‘rganildi. Tadqiqot obyekti sifatida turli rang va gul tiplariga mansub qo‘ylar, qo‘chqorlar va qo‘zilar tanlab olindi. O‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlarini baholashda zootexnika, seleksiya, urchitish va biometrik-statistik usullar qo‘llanildi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatdiki, o‘sikgul tipli qo‘ylar va qamar rangbaranlikdagi qo‘ylar bo‘ǵozlik davrida tirik vazn jihatidan statistik jihatdan ishonchli ustunlikka ega bo‘lib, ularning irsiy salohiyati yuqori ekanligi aniqlandi. Tirik vazn ko‘rsatkichlarining past o‘zgaruvchanlik koeffi tsiyenti (Cv = 3,35–6,81%) seleksiya jarayonida ushbu belgilarni ishonchli mezon sifatida qo‘llash mumkinligini ko‘rsatadi. Olingan natijalar qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarini seleksiyalash va urchitishda gul tipi va rangbaranglikni hisobga olish zarurligini ilmiy jihatdan asoslab, oǵir cho‘l sharoitida mahsuldor suruvlarni shakllantirish uchun amaliy tavsiyalar beradi.

Сведения · Details