Central Asian Research Index

АДПИ Илмий хабарномаси, 2025

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA GEOGRAFIK JOYLAR NOMLARINING LINGVISTIK TAHLILI: STRUKTURAVIY YONDASHUV ASOSLARI

Nargizaxon Boltaboyeva

ADCHTI

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi geografik joy nomlarining lingvistik xususiyatlari strukturaviy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda toponimlarning morfologik, leksik va semantik tuzilishi, ularning tildagi sistemaviy o‘rni hamda madaniy motivatsiyasi o‘rganilgan. Maqola doirasida toponimlarning polikomponentli modeli, ularni hosil qiluvchi leksik birliklarning grammatik munosabatlari va so‘z yasalish mexanizmlari aniqlanadi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi toponimlarni qiyosiy o‘rganish orqali milliy madaniyat, tarixiy xotira va ijtimoiy omillar til tizimidagi aksini topishi ochib berilgan. Tadqiqot natijalari toponimik tizimlarni lingvistik tahlil etish, ularning semantik qatlamini anglash hamda tarjima jarayonlarida ekvivalentlikni ta’minlashda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Сведения · Details