Chorvachilik va naslchilik ishi, 2025, т. 42, № 2
Tajriba guruhlaridagi sigirlarning dastlabki 90 kunlik laktatsiyasidagi sut mahsuldorligi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Аннотация · Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada respublikamizning issiq iqlimli junubiy hududi hisoblangan Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumaniga, chetdan import yo‘li bilan olib kelingan qizil eston va golshtin zotli sigirlarning hamda ulardan olingan qon ulushi turlicha bo‘lgan duragay avlodlarining dastlabki 90 kunlik laktatsiyasidagi sut mahsuldorligi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari, dastlabki 90 kunlik laktatsiyadagi sutning sifat ko‘rsatkichlari, ya’ni sut yog‘i ko‘rsatkichi, sut oqsili ko‘rsatkichi, sut yog‘i chiqimi, sut oqsili chiqimi, 4 % li sut miqdori, yog‘sizlantirilgan quruq sut qoldig‘i va sut qandi kabilar daliliy ma’lumotlar asosida bayon qilingan.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Chorvachilik va naslchilik ishi
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0