Central Asian Research Index

«Тадбиркорлик ва педагогика» илмий-услубий журнали, 2025

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MUSIQIY LAYOQATINI TRENING VOSITASIDA ANIQLASH

Qumrinso Usmonova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada o‘quv jarayonida o‘quvchilarning musiqiy layoqatini trening vositasida rivojlantirish hamda musiqa tanlashda ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish muhimligi ilmiy asosda tahlil etiladi. O‘quvchilar nisbatan ohanglarga boy musiqani, ayniqsa, xatti-harakatlarga chorlovchi musiqani tanlashga e’tibor berishlari lozimligi ta’kidlanadi. Shuningdek, jamoaviy kuylash yoki jamoa bo‘lib musiqa tinglash orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqiy layoqatini aniqlash va baholash imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan va Jizzax viloyatlarida Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari – “Shaxnozi Gulyor”, “Dugohi Xusayniy”, “Bayot” va “Navo” maqomlari amalda ijro etib kelinayotgani qayd etilgan. Shuningdek, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida Shashmaqom keng ommalashgani eslatib o‘tilgan. Ilmiy fikrlar aniq faktlarga asoslangan holda xulosalangan.

Сведения · Details