«Тадбиркорлик ва педагогика» илмий-услубий журнали, 2025
GENDERGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING METODIK TA’MINOTI
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada genderga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishning metodik ta’minoti masalalari ko‘rib chiqiladi. Gender tengligini ta’minlash hamda ta’lim jarayonida gender yondashuvini qo‘llashning nazariy asoslari tahlil etiladi. Shuningdek, genderga yo‘naltirilgan ta’limni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Asosiy e’tibor ushbu sohadagi nazariy asoslar va amaliy tavsiyalarga qaratilgan. Maqolada ta’lim muassasalarida gender istiqbollarini joriy etishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. Har bir o‘quvchining gender o‘ziga xosligidan qat’i nazar, ehtiyojlarini qondiruvchi inklyuziv ta’lim muhitini yaratish muhimdir. Buning uchun mavjud to‘siqlar va imkoniyatlar aniqlanib, tahlil qilinishi lozim. Genderga yo‘naltirilgan ta’limni samarali tashkil etish uchun o‘quv dasturlarini takomillashtirish, o‘qituvchilarni gender masalalari bo‘yicha tayyorlash, ta’lim muassasalarida gender tenglik tamoyillarini qo‘llash va gender sezgir pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rib chiqiladi.
Сведения · Details
- Журнал · Journal «Тадбиркорлик ва педагогика» илмий-услубий журнали
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0