Chorvachilik va naslchilik ishi, 2025, т. 41, № 1
Quruq iqlimda yetishtirilgan bug‘doy donining ozuqa miqdorini tadqiq etish
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi,
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali
Аннотация · Abstract
Annotatsiya. Hozirgi kunga kelib oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Ayniqsa, donli mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyoj boshqa mahsulotlarga qaraganda tubdan farq qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzida bug‘doy donining yalpi mahsulot hajmi 796 mln tonnani tashkil etadi. Asosan bug‘doy donining 90 foizi iste’mol mahsuloti sifatida qo‘llanilib, tarkibidagi oqsil miqdori inson hayoti uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shu jumladan, bug‘doy doni tarkibidagi oqsil va uglevodlar ozuqaning tez va yengil hazm bo‘lishiga yordam beradi.
Сведения · Details
- Журнал · Journal Chorvachilik va naslchilik ishi
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0