Central Asian Research Index

«Тадбиркорлик ва педагогика» илмий-услубий журнали, 2024

MAKTABDA GEOMETRIYANI FIZIKA BILAN SINXRON-ASINXRON BOG‘LAB O‘QITISHDA MASALALAR YECHIMIGA KREATIV YONDASHUV

Mavjuda Sobirova

DTPI

Аннотация · Abstract

Maqolada maktabda geometriyani fizika bilan sinxron-asinxron aloqadorlikda o‘qitishda masalalar turlari va ularning asosiy tarkibiy qismlari, masalalar yechishda kreativlikni oshirish darajalari, fizik yozuv ortidan uning geometrik obrazini ko‘rish, masaladagi qonuniyat (xususiyat)larni topish va muammoni hal etish jarayoni haqida so‘z boradi. Bundan tashqari, ta’lim jarayonida geometriyani fizika bilan sinxron va asinxron bog‘lab o‘qitishda o‘quvchilar kreativligini rivojlantirish asosida fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish, faktlarni tahlil qilish, hodisa va jarayonlarni o‘rganishda sabab-oqibat bog‘lanishlari mohiyatini tushunish, o‘quv fanlari bo‘yicha avval o‘zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo‘llashi orqali o‘quvchilarning o‘quv materialini ongli o‘zlashtirishga erishish to‘g‘risida so‘z boradi.

Сведения · Details