O‘zbekiston kimyo jurnali, 2021
IMMOBILLANGAN SULFARSAZEN YORDAMIDA QO’RG’OSHIN IONINI SORPSIONSPEKTROSKOPIK ANIQLASH USULINI ISHLAB CHIQISH
Аннотация · Abstract
Muammoning kelib chiqishi. Atrof-muhitga og'ir metallarning, xususan qo'rg'oshinning antropogen ta’sirining asosiy manbalari turli xil sanoat korxonalari, neft va turli chiqindilarni yoqish, shisha, sement ishlab chiqarish, transport vositalarining chiqindi gazlari va boshqalardir. Har xil ob'ektlardagi qo'rg'oshin ionlarining tarkibini tahliliy kuzatishdolzarbdir, chunki qo'rg'oshin atrof-muhitni eng zaharli va xavfli ifloslantiruvchi moddalardan biri hisoblanadi. Maqsad: polimer materialida immobilizatsiya qilingan sulforsazenli reagent bilan qo'rg'oshin ionlarini aniqlashning sorbsion-spektroskopikusulini ishlab chiqishdir. Metodologiya. Spektrofotometriya usullari, shuningdek sorbsion-spektroskopik usullardan foydalanilgan. Vaqt, muhit, harorat va boshqa omillarga qarab immobilizatsiya va komplekslanishning optimal sharoitlari o'rganildi. Ilmiy yangilik. Polimer tolasi ustida immobilizatsiya qilingan sulforsazenni ishlatib, qo'rg'oshin ionlarini sorbsion-spektrofotometrik aniqlash usuli ishlab chiqildi, bu aniqlash usulining analitik va metrologik parametrlarini yaxshilashga imkon berdi. Olingan natijalar.Qo'rg'oshin (II) ionlarining tolali sorbentga immobilizatsiya qilingan sulforsazen bilan kompleks hosil qilishi va immobilizatsiya qilishning maqbul sharoitlar aniqlandi va qo'rg'oshin (II) ionlarining sorbsiyasiga pH ning ta'sirini o'rganilganda pH qiymati 3.0-6.0 oraligida sorbent miqdoriy ravishda 90% qo'rg'oshin (II) ionini sorbsiya qilishi aniqlandi. Xususiyatlari: - immobilizatsiya qilingan reagentni real ob'ektlarda ishlatish sohasidagi tadqiqotlar; - immobilizatsiya qilingan reagentlar yordamida qo'rg'oshin ionlarini konsentrlash, ajratish va aniqlash.
Сведения · Details
- Журнал · Journal O‘zbekiston kimyo jurnali
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0