Central AsianResearch Index

O‘rta va yaqin sharq islom mamlakatlarida xonaqohlar arxitekturasining shakllanishi va rivojlanish xususiyatlari

Xonaqohlar islom sivilizatsiyasi tarixida tasavvuf markazlari sifatida diniy, ijtimoiy va madaniy hayotning muhim qismi bo‘lgan. Mazkur tadqiqot O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida xonaqohlar arxitekturasining shakllanish jarayonini, ularning funksional tuzilishi va rivojlanish xususiyatlarini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda tarixiymanbashunoslik, qiyosiy tahlil, arxitektura-tipologik va hududiy tahlil metodlaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, xonaqohlar IX–X asrlardan boshlab tasavvufiy jamoalarning yig‘ilish joyi sifatida shakllanib, XI–XV asrlarda mustaqil me’moriy majmua sifatida rivojlangan. Ularning arxitekturasi diniy ehtiyojlar, siyosiy homiylik va hududiy qurilish an’analarining o‘zaro ta’siri natijasida shakllangan. Tadqiqot shuningdek, xonaqohlarning shaharsozlik tizimidagi o‘rni va madaniy meros sifatidagi ahamiyatini ham yoritadi

Сведения

Опубликовано
2026 · С. 75
Источник
sdtu.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти