Surxondaryodagi kushonlar davri yodgorliklarini saqlash va turizmga integratsiya qilish
Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatidagi Kushonlar davriga oid me’moriy yodgorliklar, xususan, Qoratepa, Fayoztepa, Zurmala va Ayritom majmualarining tarixiy-madaniy ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda Kushonlar davrida buddaviylikning Shimoliy Baqtriya hududida keng tarqalishi, buddaviy ibodatxonalar va monastirlarning me’moriy xususiyatlari hamda ularning mintaqa madaniy hayotidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, ushbu obidalarning arxeologik tadqiqotlari natijalari, saqlanish holati va zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirishdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Yodgorliklarni muhofaza qilish, konservatsiya qilish va xalqaro turizm yo‘nalishlariga integratsiya etish masalalarining dolzarbligi asoslab berilgan
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · С. 68
- Источник
- sdtu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти