Erkin iqtisodiy zonalar hududlarida yangi zamonaviy arxitekturani loyihalash tamoyillarini ishlab chiqish
Mazkur tadqiqotda sanoat-ishlab chiqarish tipidagi erkin iqtisodiy zonalarda zamonaviy arxitektura va shaharsozlik tamoyillarini shakllantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda EIZlarning iqtisodiy rivojlanish, investitsiyalarni jalb qilish hamda logistika va muhandislik infratuzilmasini samarali tashkil etishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Loyihalash jarayonida modullilik, moslashuvchanlik, fraktal va bioanalogik yondashuvlar asosida “rivojlanayotgan arxitektura” konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Shuningdek, transport-logistika tizimlarini integratsiyalash, bojxona va servis zonalarini funksional rayonlashtirish, yuk va yo‘lovchi oqimlarini tartibli tashkil etish tamoyillari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda EIZ hududlarini ekologik va landshaft-rekreatsion jihatdan uyg‘un rivojlantirish, zamonaviy biznes markazlari va innovatsion sanoat komplekslarini yaratish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Na
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · С. 47
- Источник
- sdtu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти