Sterjenning dinamik so‘ndirgichlar bilan chiziqlimas tasodifiy tebranishlarini tekshirish masalasi
Mazkur ishda sterjen hamda unga biriktirilgan ikkita dinamik so‘ndirgichlarning o‘zaro bog‘langan chiziqlimas ko‘ndalang tasodifiy tebranishlari qaralgan. Dinamik so‘ndirgichlarning tasodifiy jarayonlarda samaradorligini baholash uchun ko‘chishlarning o‘rta kvadratik qiymatlari tizim parametrlariga bog‘liq ravishda analitik shaklda aniqlangan va sonli tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida sterjen va dinamik so‘ndirgichlarning elastik-dempferlovchi elementlari materiallarining dissipativ xususiyatlari gisterezis tipidagi model asosida hisobga olingan
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · С. 390
- Источник
- sdtu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти