Toshkent shahrini seysmik mikrohududlashtirishda qo‘llanilgan geofizik usullar
Mazkur maqolada Toshkent shahri hududini seysmik mikrohududlashtirishda qo‘llanilgan geofizik usullar tahlil qilingan. Tadqiqot davomida mikroseysmik kuzatuvlar, HVSR (H/V spektral nisbat) hamda MASW usullarining gruntlarning dinamik xususiyatlarini aniqlashdagi imkoniyatlari baholandi. O‘tkazilgan spektral va tezlik tahlillari natijasida grunt sharoitlarining hudud bo‘yicha sezilarli farqlanishi hamda seysmik ta’sir intensivligining lokal o‘zgarishlari aniqlangan. Ayrim hududlarda rezonans chastotasining pasayishi va H/V amplitudasining ortishi qayd etilib, bu yumshoq va past tezlikli grunt qatlamlari mavjudligi bilan izohlandi. MASW usuli asosida olingan natijalar grunt qatlamlari bo‘yicha ko‘ndalang seysmik to‘lqinlar tezligining turlicha ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari Toshkent shahri hududida seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini aniqlashtirish, qurilish maydonlarining
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · С. 381
- Источник
- sdtu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти