Yer osti suvlarining quduqqa oqib kelishi gidrodinamikasi
O’zbekiston va Markaziy Osiyo hududi uchun yer osti suvlari strategik muhim ahamiyatga ega bo’lan tabiiy resurslardan biri hisoblanadi va ularni olish inshootlarining samaradorligi iste’molchilar talablarini o’z vaqtida bajarilishining muhim omili hisoblanadi. Ular ichimlik suvi ta’minoti, qishloq xo‘jaligi, sanoat va boshqa ko‘plab sohalarda keng qo‘llaniladi. Yer osti suvlaridan samarali foydalanish uchun ularning quduqqa tomon harakat qonuniyatlarini, quduqlarga oqib kelish jarayonlarini va gidrodinamik xususiyatlarini chuqur o‘rganish zarur. Ushbu ishda yer osti suvlarining harakati, quduq atrofidagi filtratsiya jarayonlari, quduq debiti va gidrodinamik epyuralar tahlil qilinadi. Tahlillar natijasida ishlab chiqilgan tavsiyalar va ularni iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ahamiyati ochib berilgan. Barcha natijalar mutaxassis va ekspertlar mulohazasiga taqdim etiladi
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · С. 342
- Источник
- sdtu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти