Central AsianResearch Index

Bazalt rovingdan to‘qilgan qoplarni qurilish va geotexnikada qo‘llashning konstruktiv-texnologik asoslari

Maqolada bazalt rovingdan to‘qilgan qoplarning qurilish va geotexnika amaliyotida qo‘llanishi ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy g‘oyasi mahalliy inert materiallar — zichlangan qum yoki shag‘al bilan to‘ldirilgan, yuqori mustahkamlikka ega bazalt roving qoplaridan himoya va mustahkamlash elementlari sifatida foydalanishga asoslanadi. Ushbu yechim daryo va kanal qirg‘oqlarini eroziyadan saqlash, sel va suv toshqinlari oqibatida grunt yuvilishini kamaytirish, shuningdek cho‘l hududlaridan o‘tuvchi avtomobil hamda temir yo‘llarni ko‘chuvchi qumlardan himoyalashga qaratilgan. Bazalt tolali materiallarning namlik, harorat o‘zgarishi, ultrabinafsha nurlanish va agressiv muhitlarga chidamliligi ularni an’anaviy polimer yoki tabiiy tolali materiallarga nisbatan istiqbolli geotexnik yechim sifatida ko‘rsatadi. Maqolada qoplarning o‘lchamlari, joylashtirish sxemalari, rombs

Сведения

Опубликовано
2026 · С. 242
Источник
sdtu.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти