Siqilib buralishdagi temirbeton konstruksiyalari mustahkamligining tahlili
Mazkur maqolada temirbeton konstruksiyalarining siqilish va buralish ta’siridagi mustahkamligini baholash yo’lida olib borilgan jahon, rus hamda mahalliy olimlarimizning tadqiqot ishlari tahlil qilingan. Qurilish amaliyotida ustunlar, rigellar va boshqa yuk ko‘taruvchi elementlar ko‘pincha markazdan qochma yuklar ta’sirida ishlaydi, natijada ularda bir vaqtning o‘zida siqilish va buralish deformatsiyalari yuzaga keladi. Mazkur tahlil davomida temirbeton elementlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati o‘rganilib, ularning yuk ko‘tarish qobiliyatini baholash usullari ko‘rib chiqildi. Burovchi moment hamda tasodifiy ekstentrsitetlar o’rganib chqilidi. Hisoblash natijalari buralish momentining ortishi konstruktsiya mustahkamligi va bikrligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · С. 188
- Источник
- sdtu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти