Gazoblok to‘ldiruvchi devorli temirbeton sinchlarning vertikal va gorizontal yuklar ta’siridagi ishlashini tadqiq qilish
Maqolada to‘ldiruvchi devorlarning temirbeton sinchli konstruksiyalar ishlashiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribaviy tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Quyidagi konstruktiv tizimlar sinovdan o‘tkazildi: to‘ldiruvchi devorsiz bir oraliqli va bir qavatli etalon temirbeton sinch hamda gazobloklardan bajarilgan hamda bog‘lanmagan to‘ldiruvchi devorli temirbeton sinch. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, temirbeton sinch tarkibida to‘ldiruvchi devorlarning mavjudligi konstruksiyaning vertikal va gorizontal yuklarning birgalikdagi ta’siridagi yuk ko‘tarish qobiliyatini, bikrligini va plastikligini oshirishi keltirilgan. Kirish. Bugungi kunda global urbanizatsiya jarayonining tezlashishi va shaharlar aholisining soni shiddat bilan ortishi zamonaviy qurilish sohasi oldiga mutlaqo yangi, murakkab vazifalarni qo‘ymoqda. Bu vazifalarni samarali hal etishda temirbeton sinchli bino
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · С. 175
- Источник
- sdtu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти