Central AsianResearch Index

Ko‘p qavatli temirbeton karkasli binolarning kuchlanganlikdeformatsiyalanganlik holatiga inersion dempferlarning ta’siri

Ushbu maqolada ko‘p qavatli temirbeton karkasli binolarda inersion dempferlarning seysmik ta’sirlarni kamaytirishdagi samaradorligi tadqiq qilingan. Hisoblashlar LIRA 9.6 dasturiy majmuasida QMQ 2.01.03-19 talablari asosida bajarilgan. Bino qavatlarining elastiklik va elastik-qovushqoqlik xususiyatlari hisobga olinib, turli chastotali seysmik tebranishlar ta’sirida konstruksiyaning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati baholangan. Natijalar inersion dempfer qavatlar ko‘chishlari va ekvivalent kuchlanishlarni sezilarli kamaytirishini ko‘rsatdi. Eng yuqori samaradorlik o‘rta chastotali tebranishlarda kuzatilib, qavatlar ko‘chishlari 50 % gacha, ekvivalent kuchlanishlar esa 54 % gacha kamaygani aniqlandi. Olingan natijalar inersion dempferlarning ko‘p qavatli binolar seysmik bardoshliligini oshirishda samarali yechim ekanligini tasdiqlaydi

Сведения

Опубликовано
2026 · С. 158
Источник
sdtu.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти