Central AsianResearch Index

Seysmik hududlarda yigʻma-yaxlit temirbeton sinchli binolarning konstruktiv yechimlari: jahon va respublika amaliyoti tahlili

Maqolada seysmik hududlarda yig‘ma-yaxlit temirbeton sinchli binolarning konstruktiv yechimlari bo‘yicha jahon va respublika amaliyotini tahlil qilish natijalari yoritilgan. Yig‘ma-yaxlit texnologiya bo‘yicha KUB-2,5 (Rossiya, 1990 y.), ARKOS (Belarus, 1992 y.), IMS Jejel (Yugoslaviya, 1957 y.), Deltabeam (Finlyandiya) kabi tizimlarining konstruktiv va texnologik xususiyatlari qiyosiy ravishda o‘rganildi. Respublika amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatdiki, ingichka temirbeton qobiqli yechib olinmaydigan qoliplarda ustunlar tiklash va uni “U”-simon yig‘ma-yaxlit rigellar bilan birgalikda ishlatish konsepsiyasi yetarli darajada o‘rganilmagan. Tadqiqot natijalari seysmikligi yuqori (VIII -IX ball) hududlarda turar-joy va jamoat binolarini loyihalashda yig‘ma-yaxlit texnologiyani keng joriy etish uchun asos bo‘ladi

Сведения

Опубликовано
2026 · С. 156
Источник
sdtu.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти