O'ZBEKISTONNING IQLIMIY SHAROITLARIDA SHARBAT ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINING ENERGIYA SAMARADOR ARXITEKTURAVIY-KOMPOZITSION YECHIMLARINI SHAKLLANTIRISH TAMOYILLARI
Ushbu maqolada Oʻzbekistonning iqlimiy sharoitlarini hisobga olgan holda sharbat ishlab chiqarish korxonalarining energiya samarador arxitekturaviy-kompozitsion yechimlarini shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida sanoat binolarini loyihalashda iqlim omillari, quyosh radiatsiyasi, shamollatish tizimlari hamda tabiiy yoritishdan samarali foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonining funksional tuzilishi asosida korxona hududini rejalashtirish va binolarning kompozitsion yechimlarini shakllantirish tamoyillari ko‘rib chiqildi. Natijada Oʻzbekiston sharoitida sharbat ishlab chiqarish korxonalarini loyihalashda energiya samaradorlikni oshirishga xizmat qiluvchi arxitekturaviy va rejalashtirish yechimlari bo‘yicha ilmiy xulosalar berildi
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · С. 70
- Источник
- sdtu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти