Central AsianResearch Index

SILINDRIK UCH QATLAMLI QOBIQNING QOVUSHOQ SIQILUVCHAN SUYUQLIK BILAN NOSTATSIONAR O‘ZARO TA’SIRI MASALALARI

Ushbu ishda ideal hamda qovushoq siqiluvchan suyuqlik bilan to‘ldirilgan uch qatlamli silindrik qovushqoqelastik qobiqning nostatsionar tebranishlari masalalarining qo‘yilishi bayon etilgan. Xususan, qovushoq siqiluvchan suyuqlikni o‘z ichiga olgan doiraviy silindrik uch qatlamli qovushqoq-elastik qobiqning buralma, bo‘ylama-radial hamda ko‘ndalang tebranishlari uchun matematik model va asosiy tenglamalar tizimi shakllantirilgan. Qatlamlar va suyuqlik o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni ifodalovchi chegaraviy hamda kontakt shartlari aniqlashtirilgan. Mazkur qo‘yilmalar murakkab gidroelastik tizimlarning dinamik xususiyatlarini tahlil qilish va amaliy masalalarni yechishda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi

Сведения

Опубликовано
2026 · С. 481
Источник
sdtu.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти