Central AsianResearch Index

TOSHKENT SHAHRI UCHUN SEYSMIK RAYONLASHTIRISHNI AMALGA OSHIRISHDA KOMPLEKS YONDASHUVLAR VA ULARNING AMALIY AHAMIYATI

Mazkur maqolada Toshkent shahri hududi uchun seysmik rayonlashtirishni amalga oshirishda qo‘llaniladigan kompleks yondashuvlar va ularning amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda seysmologik, seysmotektonik, muhandislikgeologik va geofizik tadqiqotlar natijalari integratsiyalashgan holda tahlil qilindi. Hududning seysmik xavflilik darajasini baholashda probabilistik seysmik xavf tahlili (PSHA), grunt sharoitlarining seysmik ta’sirni kuchaytirish xususiyatlarini aniqlash hamda seysmik mikrohududlashtirish usullari qo‘llanildi. Sirt to‘lqinlarining ko‘pkanalli tahlili (MASW) va mikroseysmik o‘lchovlar asosida ko‘ndalang to‘lqin tezliklari (VS) aniqlanib, grunt sharoitlariga bog‘liq seysmik intensivlik ortishi baholandi. Maksimal tezlanish (PGA) qiymatlari bo‘yicha seysmik mikrohududlashtirish xaritasi va MSK-64 shkalasi asosida yakuniy seysmik intensivlik xaritasi tuzildi. Olingan natijala

Сведения

Опубликовано
2026 · С. 177
Источник
sdtu.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти