QO‘QON SHAHRI ARXITEKTURA YODGORLIKLARI VA TARIXIY OB’EKTLARINI GEOMA’LUMOTLAR BAZASIDA SHAKLLANTIRISH ORQALI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH
Ushbu maqolada O‘zbekiston, xususan Qo‘qon shahridagi arxitektura yodgorliklari va tarixiy ob’ektlarni geoma’lumotlar texnologiyalari yordamida o‘rganish, ularning 360° panoramali virtual turini yaratish va onlayn geoportalini ishlab chiqish natijalari yoritilgan. Tadqiqot doirasida shahar bo‘ylab monitoring o‘tkazildi, jami 59 ta ob’ekt aniqlandi, 6 ta asosiy ob’ekt Insta 360° ONE X kamerasi yordamida syomka qilindi va natijalar Google Earth Pro dasturiga hamda maxsus veb-saytga joylashtirildi. Tadqiqotda qo‘llanilgan uslubiy yondashuv O‘zbekistondagi boshqa shaharlarga ham tatbiq etish mumkin bo‘lgan namuna sifatida qaralishi mumkin
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · С. 145
- Источник
- sdtu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти