Zamonaviy biznes boshqaruvida sun’iy intellektning nazariy asoslarining sharxi
Mazkur maqolada zamonaviy biznes boshqaruvida sun’iy intellekt texnologiyalarining nazariy asoslari v a ularning amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida sun’iy intellekt tushunchasi, uning shakllanish bosqichlari ham da boshqaruv jarayonlaridagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, mashinaviy o‘rganish, neyron tarmoqlar, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va intellektual qarorlarni qo‘llab -quvvatlovchi tizimlarning biznes samaradorligini oshirishdagi roli ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada sun’iy intellektdan foydalanish orqali biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, strategik rejalashtirish, resurslardan oqilona foydalanish va raqobatbardoshlikni ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy biznes boshqaruvida muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · С. 352
- Источник
- sdtu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти