Landshaft san’atida suv va yashil o‘simliklarning badiiy ifodasi
Mazkur maqolada landshaft san’atining muhim tarkibiy elementlari hisoblangan suv va yashil o‘simliklarning badiiy ifodasi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Suv insoniyat madaniyatida hayot manbai, poklik va ruhiy osoyishtalik ramzi sifatida qadrlangan bo‘lsa, yashil o‘simliklar tabiatning jonli ifodasi, hayotiylik, go‘zallik va barqarorlik timsoli sifatida talqin qilingan. Tadqiqotda suv va o‘simliklarning qadimiy Sharq, G‘arb va milliy bog‘ -park an’analaridagi o‘rni, ularning falsafiy va estetik ramziyligi, zamonaviy landshaft arxitekturasi va dizaynidagi talqinlari keng yoritilgan. Shuningdek, maqolada suv va o‘simlik uyg‘unligining inson psixologiyasi, ekologik barqarorlik va badiiy kompozitsiyalarni boyitishdagi roli tahlil qilinadi. Yapon bog‘lari, islomiy bog‘ san’ati va zamonaviy ekologik landshaft loyihalari misolida suv va yashil o‘simliklarning uyg‘unlashuvi san’at asari sifatid
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · С. 21
- Источник
- sdtu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти