Qurilish materiallarini pishiruvchi pechlarning ekologik ta’sirini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirishni tahlil qilish
Hozirgi davrda energiya samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish quvvati va zararli chiqindilarni kamaytirish – qurilish materiallari sanoatidagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Yoqilg’ining yonishi – bu kimyoviy reaksiya jarayoni bo’lib, unda foydalanilayotgan yoqilg’i kislorod bilan tez reaksiyaga kirib, issiqlik ajratadi. Yoqilg’ining narxi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning umumiy qiymatining katta qismini tashkil qilishi sababli, qurilish materiallari sohasi uchun mahsulot ishlab chiqarishda energiya sarfini kamaytirish muhim vazifa hisoblanadi. Bu pishirish pechlarining konstruksiyasiga va pechlarning energiya samaradorligini oshirish orqali tejamkorlikga erishish mumkin bo’ladi. Maqolada qizdirish va pishirish pechining ishlashi davomida kisloroddan foydalanib, azot oksidlari chiqindilarini kamaytirish usuli ko’rib chiqilgan
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · С. 174
- Источник
- sdtu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти