Central AsianResearch Index

Kanallarda suyuqlik harakatini matematik tarzda ifodalash va sonli yechim usullari bilan tadqiq qilish

Kanallarda oqimlarning harakatini modellashtirish jarayonida turli yondashuvlardan foydalaniladi. Bunday yondashuvlar asosan turbulent pulsatsiyalarni, ularning dinamikasini va energiya spektrini qanday darajada ochib berishiga qarab farqlanadi. Ushbu tadqiqotda suyuqlikning harakat qonuniyatlari Navye -Stoks tenglamalari orqali ifodalanadi. Biroq mazkur tenglamalar tizimi o‘z -o‘zidan yopi lmaganligi sababli, uni chiziqli modellar yordamida yakunlash uchun umumlashtirilgan Bussinesk gipotezasidan foydalaniladi. Shunday qilib, kanal bo‘ylab oqim tezligi va bosimning turli kesimlarda qanday o‘zgarishini aniqlash mumkin bo‘ladi

Сведения

Опубликовано
2025 · С. 207
Источник
sdtu.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти