Central AsianResearch Index

Issiq iqlim sharoitida asfatabeton qoplamasining ekpluatatsion muddatini oshirishda modifikatsiyalangan bitumdan foydalanishning zarurati

Ushbu maqolada yo‘l qurilish materiallari sifatini yaxshilashda qo‘llaniladigan modifikatsiyalangan bitumning tarkibi, xossalari va qo‘llanilish samaradorligi o‘rganildi. Bitumni turli polimer, rezina kukuni, nanoqo‘shimchala r bilan modifikatsiyalash orqali uning issiqlikka, sovuqqa, suv va mexanik ta’sirlarga chidamliligi sezilarli darajada ortishi keltirib o‘tilgan. Modifikatsiyalangan bitum asosidagi asfaltbeton qoplamalar yuqori haroratda deformatsiyalanishga kamroq moyil bo‘ladi, past haroratlarda esa yorilish xususiyatini kamaytiradi. Qolaversa, modifikatsiyanagan bitum asfaltbeton qoplamaning ekspluatatsion davrini uzaytirib, yo‘llarning xizmat muddatini oshirishga xizmat qilishi tahlillar orqali keltirilgan

Сведения

Опубликовано
2025 · С. 127
Источник
sdtu.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти