Central AsianResearch Index

Thermal performance assessment of educational buildings in severely continental climates

Ushbu tadqiqot Toshkent arxitektura -qurilish universiteti bosh binosida yoz oylarida ortiqcha issiqlik to‘planishi muammosini o‘rganadi. Xususan, harorat 45°C dan oshgan eng keskin kunga alohida e’tibor qaratiladi. Tahlil issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentlari va energiya sarfini baholashni o‘z ichiga olib, binoning haddan tashqari qizib ketishiga sabab bo‘luvchi muhim konstruktiv omillarini aniqlaydi. Ushbu muammolarni hal etish uchun zamonaviy issiqlik izolyatsiya materiallaridan foydalanish, energiya tejamkor oynalar o‘rnatish, nurni qaytaruvchi qoplamalar qo‘llash va tabiiy shamollatish tizimini joriy etish kabi chora -tadbirlar taklif etiladi. Mazkur tadbirlar energiya samaradorligini oshirish, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va bino ichki muhitini yaxshilashga qaratilgan

Сведения

Опубликовано
2025 · С. 194
Источник
sdtu.uz
Язык
Английский
Издатель
Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти