Oqovalarning cheklangan miqdoriga erishish bo‘yicha atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari
Ushbu maqolada ishlab chiqarish korxonalari suv sarfi va hosil bo’ladigan oqova suvni suv havzalariga quyib yuborish bo‘yicha ruhsat etilgan chegaraviy me’yorlar, oqova suv tozalash inshootlarining ish samaradorligini aniqlash va baholash mezonlari keltirilib o‘tilgan. Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri ekologik barqarorlikni ta’minlash va suvdan ketma-ket foydalanish tizimini yanada takomillashtirish hisoblanadi. Suv jamiyatda asosan ishlab chiqarish, xo‘jalik-ichimlik va yong‘inga qarshi hovuzlarni to‘ldirishga, ishlab chiqarish tsexlari ehtiyoji uchun ishlatiladi. Oqova suvlar ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari, sut va sutmahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida konserva sexidan, qozonxonadan, oshxonadan, dushxonadan, ma’muriy binodan, tomat sexidan, sok ishlab chiqarish sexidan va quyish sexidan hosil boladi
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · С. 262
- Источник
- sdtu.uz
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти