Central Asian Research Index

Жисмоний тарбия ва спорт ахборотномаси, 2026, т. 1, № 1, с. 217-227

NOAN’ANAVIY MAShG‘ULOT ShAKLLARI ORQALI BOLALARDA ASOSIY HARAKAT KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISh

Aziz Sarsenbaev Rafatdin ulı

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada noan’anaviy mashg‘ulot shakllari asosida bolalarda asosiy harakat ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida bolalar jismoniy tayyorgarligini oshirishda interfaol o‘yinlar, integrativ mashqlar va ijodiy harakat faoliyatiga asoslangan mashg‘ulotlarning samaradorligi o‘rganildi. Tajriba-sinov ishlari natijalari shuni ko‘rsatdiki, noan’anaviy yondashuvlar bolalarda yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va muvofiqlashtirilgan harakat ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur yondashuvlar bolalarning harakat faolligini oshirish, motivatsiyasini kuchaytirish va mashg‘ulot jarayoniga bo‘lgan qiziqishini mustahkamlashga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari pedagogik amaliyotda noan’anaviy mashg‘ulot shakllarini keng joriy etish zarurligini asoslab beradi.

Сведения · Details