Central AsianResearch Index

Bolalar adabiyoti vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining estetik didini shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik ahamiyati

59 Biroq zamonaviy jamiyatda barcha insonlar ham badiiy adabiyot mutolaasiga bir - dek qiziqish bildirmaydilar. Aksariyat kishilar o‘qish faoliyatini kundalik ehtiyojlarni qondirish maqsadida, jumladan, qisqa xabarlar almashish, elektron pochta yozish va turli axborotlarni qabul qilish jarayonlarida amalga oshiradilar. Shu bilan birga, ularning o‘qish faoliyati ko‘pincha roman, hikoya va she’riy asarlarni mutolaa qilishni qamrab olmaydi. Bunday holat ayrim shaxslarda o‘qish ko‘nikmalarining yetarli darajada ri - vojlanmaganligi bilan izohlansa-da, ko‘proq adabiyotga bo‘lgan qiziqishning maktab davridayoq susayib borishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Mazkur holat adabiy ta’limning ahamiyati va uning shaxs rivojlanishidagi o‘rni bilan bog‘liq qator ilmiy savollarni yuzaga keltiradi. Agar individning o‘qish kompetensiyasi kundalik hayot faoliyatini samarali amalga oshirish uchun yetarli bo

Сведения

Опубликовано
2026 · № 5, С. 58
Источник
pubedu.uz
Язык
Узбекский
Издатель
Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги